Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

Talabani ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Talabani ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q.

Talabani ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q. Bu yerda talabaning nechanchi kursda o'qishini ahamiyati yo‘q. Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega. Faqat bir narsaga e’tibor qarating! Qonunchilik hujjatlarida alohida malaka, bilim va ko‘nikma talab qiladigan sohalar uchun alohida talablar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga 1-Iilova “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-1 bandiga ko‘ra:

- Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizomning 7-2 bandiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Demak, Agar shu sohada o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmasangiz u holda 3-kursdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasida maosh to‘lanadi.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti  А.Udaboev

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK