Yangiliklar
Mart 17, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Mart 15, 2025 Mehnat nizolari tushunchasi va mazkur nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddatlari Mart 15, 2025 Rasmiy munosabat Mart 14, 2025 Shovot tumani fermerlar kengashining Murojaati Fevral 27, 2025 Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya tarkibini tuzish to‘g‘risida. Fevral 27, 2025 Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Jonibek Rustamovichning axboroti. Fevral 27, 2025 Shovot tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga turtki beruvchi shakllantirilgan loyihalardan dastlabki bosqichda boshlanadigan “drayver” loyihalarni koʻrib chiqish va ma’qullash haqida. Fevral 27, 2025 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Shovot tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-032-12- 177-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. Fevral 24, 2025 Qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning yangi tizimi joriy qilindi. Fevral 24, 2025 Shovot tumani "Oq oltin", "Qirg'oq bo'yi", "Turkiston" MFYlaridagi 21,3 gektar hududni master rejasi

TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga

                                  MUROJAATI

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

Keyingi yillarda yer yuzida ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar va qurg‘oqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtiryapti. Albatta, bu holat bizga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda so‘nggi yillarda Siz, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga Prezidentimiz tomonidan ko‘plab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi.

Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘ligi va hayotini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Yangi O‘zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham ushbu sohani keyingi 5 yillikda jadal rivojlantirish istiqbollari belgilab berildi. Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish vazifasi mustahkamlandi.

Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqali mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir.

Himmati baland dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

Mamlakatimiz aholisini yil o‘n ikki oy vitaminga boy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.

Xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma’no naql bor. Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta’kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi  hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas.

Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘ladi.

Keling, bugundan mas’uliyatimizni yanada oshirib, 2025 yil hosili uchun 752 ming gektar maydonlarda piyoz,sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekishni tashkil etaylik.

Mirishkor fermerlar!

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, biz fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratilmoqda.

Ushbu imkoniyatlarni his qilib, 264 ming gektar bog‘-tok orasiga hamda bo‘sh turgan maydonlarga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, mamlakatimiz aholisini arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing hamda mahsulotiningizni eksport qilib, hisob raqamingizda valyuta tushumini qiling!

Aziz dehqonlar

Prezidentimizning 2021-2023 yillardagi qarorlarida asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishdagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini Siz dehqonlarga 10-sotixdan 1 gektargacha qilib bo‘lib berildi.

Aynan ushbu maydonlar Sizlarga bejizga ajratib berilmaganligini isbotlash vaqti keldi.

Keling, Sizlar ham o‘zlaringizga yuklatilgan majburiyatlarni yurakdan his qilib, 113 ming gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz          va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, 2-3 marta hosil olish tizimini yilga qo‘ying, buning hisobiga gektaridan 80-100 mln so‘mgacha daromad oling!

“Bir kontur - bir dala” tamoyili asosida mahsulot yetishtirib, sarflagan urug‘liklar va ko‘chatlar uchun “Yoshlar ishlari agentligidan” subsidiya mablag‘lari oling!

Kooperatsiyalar tashkil etib, mahsulotlaringizni eksportga chiqarib, qo‘shimcha daromad olishga erishing!

Hurmatli tomorqa yer egalari,

Yurtimizning barcha hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali tomorqa yer egalari va fidoyi dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Ayni vaqtda mamlakatimizda 5,3 milliondan ortiq tomorqa yer egalari 509 ming gektar unumdor ekin maydonida mehnat qilmoqdasizlar.

Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish, xonadonlarimizni obod, yashash sharoitimizni namunali tarzga keltirish payida bo‘laylik. Bu kabi tartib-taomil asosida ulg‘aygan farzandlarimiz ham yaxshi yashashga intilib, o‘z kelajagi uchun astoydil harakat qiladi.

Ko‘pni ko‘rgan, tajribali dehqonlarimiz fasllar almashayotgan, ushbu betakror kuz pallasida qanday yumushlarni bajarish zarurligini juda yaxshi bilamiz. Tabiat injiqliklari bilan kurashaverib toblangan dehqonlarimiz ayni kunlarda har bir daqiqani g‘animat bilib, undan unumli foydalanaylik.

Respublika bo‘yicha 375 ming gektar tomorqangizga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling!

Aziz mirishkor dehqon va  fermerlar hamda tomorqa yer egalari,

Quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring!

birinchidan, ayni damlarda bog‘-tok orasini, ajratib berilgan maydonimizni hamda o‘z hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni o‘z vaqtida bajaring;

ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni bo‘sh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;

uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin to‘qsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urug‘lari sepib ekib bo‘ling;

to‘rtinchidan, “Tomorqa – daromad manbai” shiori ostida har bir mahallarda sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlar ekishni tashkil eting;

beshinchidan, “Bir kontur – bir mahsulot” hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini eking.

Aziz yurtdoshlar, hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari dalalarimizda va tomorqalarimizda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz hamda to‘qsonbosti mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxoni to‘kin, hayoti farovon, bozorlarimizda arzonchilik bo‘lishini ta’minlash har birimizning insoniylik burchimizdir! Barchani bu burchni sof vijdon bilan ado etishga chaqiramiz!

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosat a’zolari

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK