Yangiliklar
Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning bayram tabrigi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning bayram tabrigi

Assalomu aleykum aziz va muhtaram vatandoshlar!

Tumanimiz ahlini va barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida tumanimiz ahlini, barcha yurtdoshlarimizni samimiy  muborakbod etaman.

Xonadonlarimizdan fayzu baraka va osoyishtalik arimasin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Hurmat bilan!

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK