Yangiliklar
May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Aprel 19, 2025 Rasmiy munosabat Aprel 18, 2025 RASMIY MUNOSABAT

Shovot tumani fermerlar kengashining Murojaati

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani fermerlar kengashining Murojaati

Hurmatli fermerlar!

 So‘ngi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofoza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli  ko‘nglimiz  shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

Demak, xalqimizning ibratli o‘tmishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab-avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay imkon barpo etishga undaydi.

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar, tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib bog‘ yaratish atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir.

Muhtaram Prezidentimizning 2024 yil 30 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qarori bilan belgilab bergan topshiriqlari ana shunday ezgulik yo‘lidagi juda xam muhim tashabbusdir.

Prezidentimizning ushbu qarorlari bilan Siz, aziz fermerlarga bir qancha yengilliklar va imtiyozlar berilgan.

Jumladan:

-ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;

-dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari dala chetini o‘zlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug‘, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy pereparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanadi;

-suv bilan ta’minlash uchun nasoslar va quvurlarni o‘rnatish xarajatlarining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qarz oluvchining bank kartalariga o‘tkazish yo‘li bilan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punktdan yuqori stavkada kreditlar ajratiladi;

-quritish sexi va sovutkichli omborxonalarni xarid qilishga Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi;

-qishloq xo‘jaligi  mahsulotlari yetishtiruvchilarga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilishi, bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovutgichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinadi;

Bundan tashqari mazkur qarorga muvofiq fermer xo‘jaliklariga tegishli maydonlarning dala chetlariga har yili 1 aprelga qadar ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda quyidagi choralar ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

Jumladan;

-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ularning barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi;

-Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan belgilangan tartibda ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish to‘xtatildi;

-dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi;

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yashil makon” vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi ma’suliyatimizdir!

Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish kabi tadbirlaridan keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash fermerlarimizning ham munosib ulushlaringiz bor.

Joriy yil bahor mavsumida Siz ham dala chetidagi bo‘sh yerlarga ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishirishga o‘z hissangizni qo‘shing.

Buning uchun mamlakatimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi to‘rt mingdan ziyod fermer, dehqon xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida 32 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq, mevali va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari mavjud.

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga burkanishiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Hurmatli va aziz fermerlar!

 Sizlarni, Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Bu bilan Siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!

Negaki, hovli va uylarimiz, mahalla, shahar va mana shu vatan bizniki, uning ozodaligi va ko‘rkamligiga esa barchamiz mas’ulmiz.

Vatanimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Shovot tumani fermerlar kengashi.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK