Yangiliklar
Oktyabr 18, 2025 Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim aks holda ushbu to‘lovlar sud tartibida undiriladi. Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning MUROJAATI

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Xorazm viloyatiga 11,5 trillion so‘m kredit mablag‘larini ajratiladigan bo‘ldi.           

Jumladan:
           - Kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln so‘mgacha, kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘lari ajratiladi. Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizga 156,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 947 ta loyiha amalga oshirilishi va 3 ming 788 ish o‘rinlari yaratish belgilandi. Bu loyihalar BRB hisobidan moliyalashtiriladi. Mening 4-sektor hududimdagi 15 ta mahallada 234 ta loyihaga 39,2 mlrd so‘m ajratib, 945 ta yangi ish o‘rinlari yaratishni belgilab oldik. Bundan tashqari 4-sektor hududidagi Turkiston mahallasida joylashgan “Shovot Silk” MChJ  tomonidan 1 mln dollar qiymatidagi “Ipak mato ishlab chiqarish” loyihasini ishga tushirish uchun boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi, ushbu loyihani amalga oshirish doirasida 30 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
          Shuningdek, mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida viloyatda 5 mingta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish maqsadida kichik hajmdagi basseyn tashkil qilish uchun viloyatga 100 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratib beriladigan bo‘ldi. Bundan kelib chiqib, tumanimizdagi 566 ta xonadonlarga 11.3 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilandi. Shundan 4-sektor hududida 2 mlrd 821 mln so‘m ajratilishi hisobiga 139 ta xonadonlarda baliq basseyini tashkil qilishni belgilab oldik. Bundan tashqari, mahallalardagi har bir tadbirkorni ehtiyojiga qarab, yangi kredit berish, oldingi kreditining muddatini uzaytirish hamda mahallada soliqchilar tadbirkorlarni sonini legallashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mahalla yettiligiga tushuntirildi.
        Tumanda 448 ta xonadonda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun 3,1 mlrd so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 1049 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqdik. Shundan 4-sektor hududida 109 ta xonadonga 220.3 mln so‘m subsidiya ajratilishi natijasida 246 nafar fuqarolarni bandligi ta’minlanadi va ushbu oilalar doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK