Yangiliklar
Sentyabr 20, 2024 Rasmiy munosabat Sentyabr 20, 2024 TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING Sentyabr 05, 2024 Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil iyul oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati Avgust 26, 2024 G‘ALLA URUG‘INI TEZROQ YERGA QADAB, 2025-YILDA G‘ALLADAN YANADA MO‘L HOSIL OLAYLIK! Avgust 22, 2024 Ochiq muloqot Avgust 16, 2024 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, YIG‘IM - TERIM MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK. Avgust 09, 2024 Media-tur Avgust 07, 2024 Rasmiy munosabat  Iyul 18, 2024 EʼLON! Iyul 16, 2024  Rasmiy munosabat

SUDGA MUROJAAT QILISHNING PROTSESSUAL TALABLARI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SUDGA MUROJAAT QILISHNING PROTSESSUAL TALABLARI

So‘nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, Konstitutsiyamizning 55-moddasiga ko‘ra, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish yuzasidan ayrim protsessual tartiblar belgilangan.

Ya’ni, fuqarolik sudlariga murojaat qilishda uchta asosiy jixatga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Xususan, sudlovga tegishlilik shartlari, arizaning shakli hamda arizaning mazmuniga qo‘yilgan talablar.

Sudlovga tegishlilik deganda, ishning (nizoning) aynan qaysi hududdagi fuqarolik sudi tomonidan ko‘rilishi nazarda tutiladi. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga ko‘ra, arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi.

Shuningdek, fuqarolik protsessual qonunchiligida arizalarning da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik, kelishilgan sudlovga tegishlilik hamda sudlovga tegishlilikning alohida hollari ham mavjud.

Mazkur Kodeksning 188-moddasiga asosan, sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.

Sudlarga murojaat qilishda kiritilayotgan yozma murojaatlarning shakli va mazmuniga e’tibor qaratish juda muhim. Chunki, sudga qilinayotgan arizalar uning maqsadiga qarab da’vo arizasi, ariza va shikoyat kabi shakllarda amalga oshiriladi. Xususan, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Kodeksning 189-moddasida sudlarga kiritilayotgan arizaning mazmuniga qo‘yilgan talablar belgilanib, ushbu talablarga rioya etilmasligi arizani qaytarish uchun asos bo‘ladi.

Ya’ni, arizada ariza berilayotgan sudning nomi; da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari; da’vogarning talabi; agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi; da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati bo‘lishi lozim.

Sudlarga beriladigan ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanishi mumkin. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.

Shu sababli, har bir shaxs sudga da’vo arizasi kiritishda protsessual qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilishi lozim.

Zero, sudlarga murojaat qilish tartibi va arizalarga qo‘yilgan talablarga rioya qilish shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashda dastlabki qadamlardan biri hisoblanadi.

Xorazm viloyat sudi katta konsultanti Sirojiddin Salayev 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK