Yangiliklar
Fevral 27, 2025 Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya tarkibini tuzish to‘g‘risida. Fevral 27, 2025 Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Jonibek Rustamovichning axboroti. Fevral 27, 2025 Shovot tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga turtki beruvchi shakllantirilgan loyihalardan dastlabki bosqichda boshlanadigan “drayver” loyihalarni koʻrib chiqish va ma’qullash haqida. Fevral 27, 2025 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Shovot tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-032-12- 177-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. Fevral 24, 2025 Qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning yangi tizimi joriy qilindi. Fevral 24, 2025 Shovot tumani "Oq oltin", "Qirg'oq bo'yi", "Turkiston" MFYlaridagi 21,3 gektar hududni master rejasi Fevral 22, 2025 RASMIY MUNOSABAT Fevral 22, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish  Fevral 12, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Fevral 04, 2025 SEMINAR

Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, tayyorgarlik bosqichi boʻlib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich boʻlib, bunda bevosita aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi, nazorat tekshiruvi oʻtkaziladi va aholini roʻyxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. Soʻnggi bosqichda olingan maʼlumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar eʼlon qilinadi.

Roʻyxatga olish jarayonida toʻplanadigan statistik maʼlumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Yaʼni bundan bu yogʻiga qogʻozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga eʼtibor qaratiladi.

Roʻyxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki maʼlumotlarning toʻgʻriligiga bevosita ayni ular masʼul boʻladi va shakllantirilgan maʼlumotlar real boʻlishi shart. Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar har xil yoshda va kasbda boʻlishi, birinchi navbatda, Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari xodimlari, statistika yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar boʻlishi mumkin.

Yoshi va kasbidan qatʼiy nazar, aholini roʻyxatga oluchilar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugʻilsa, ularga qoʻshimcha maslahatlar beriladi. Aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar amaldagi hujjatlarga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi. Jarayonni davlat byudjeti mablagʻlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish koʻzda tutilgan.

Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga binoan, yakuniy maʼlumotlarni uch tilda eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan. Chora-tadbirlar dasturida aholini roʻyxatga olish natijalarini rasmiy chop etish, tarqatish, axborot bilan taʼminlash va eʼlon qilish, aholini roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash muddatlari koʻrsatilgan. Yaʼni maʼlumotlar bilan tanishishning oxirgi chegara muddati belgilangan. Biroq agarda tezkor faoliyat yuritilsa, ushbu muddatdan oldin ham eʼlon qilish imkoniyati mavjud.

Oʻzbekistonning mukammal kadastr xaritasi yaratiladi

Aholini roʻyxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish koʻzda tutilgan. Bu - hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish bilan bogʻliq masala. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʻtab boʻlgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarni qurish va taʼmirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, Respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

Reja aniq, vazifa masʼuliyatli

Keyingi uch yil davomida masʼul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan Oʻzbekistonning har bir viloyati, shahari, tumanidan tortib mahallasi, koʻchasi, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega boʻlamiz. Bu qimmatli maʼlumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi.

Zotan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan koʻp yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli oʻzgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq boʻlsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha eʼtibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qoʻyiladi, deyish har jihatdan toʻgʻri boʻladi.

Shovot tumani statistika boʻlimi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK