Yangiliklar
Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 09, 2025 Rasmiy munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot bozori oldida aholi bozorni tartibga keltirib berilishini so‘rash maqsadida yo‘lni qatnov qismini to‘sib qo‘ygani aytilmoqda” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu holat joriy yilning 5 dekabr kuni Shovot tumani Komiljon Otaniyazov ko‘chasini Najmiddin Kubro va Xiva ko‘chalari bilan tutashuvchi chorrahasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganida Najmiddin Kubro ko‘chasini o‘zboshimchalik bilan egallab savdo qilayotgan ayrim tadbirkorlar yo‘lni to‘sib noqonuniy hatti-harkatlarni sodir qilgan, shu sababli chorrahada harakatlanayotgan avtomobillar qatnovida tartibsizlik yuzaga kelgan. Ushbu holat esa video tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqga joylangan va muhokamaga sabab bo‘lgan.

Najmiddin Kubro ko‘chasida sovdo-sotiq ishlari amalga oshirayotgan ayrim tadbirkorlar takroran ogohlantirilishlarga qaramasdan faoliyatini davom qildirib, qonuniy ogohlantirishlarga e’tiroz bildirib kelishmoqda.

Ushbu vaziyatga holisona yondashib baho beradigan bo‘lsak tadbirkor va sotuvchilar bozor deya savdo-sotiq ishlarini olib borayotgan hudud tumanning Najmiddin Kubro ko‘chasi hisoblanadi. Ko‘chani tartibga solish, piyodalar va haydovchilarga qulaylik yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda savdo-sotiq ishlarini tumanning markaziy dehqon bozorida davom ettirishi yuzasidan tadbirkor va sotuvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK