Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot tumanida ko‘prik ustiga nomiga qo‘yilgan ogohlantirish belgilari ortidan YTH lar kelib chiqmoqda” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Shovot tumanidagi “4r 159 Urganch, Shovot, Turkmaniston Respublikasi chegarasi avtomabil yo‘lining 53.3 km”da joylashgan “G‘oyip” zaxkash ko‘prigini o‘ng tomon plitalari singan va ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Ko‘prikni tamirlash uchun 2024 yil davlat dasturiga kiritish maqsadida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan tegishli tashkilotlarga takliflar berilgan.

Transport vositalarini harakatini tartibga solish va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ko‘prikdan 300 m uzoqlikda 3.24 - yuqori tezlikni cheklash tezlik (50), 150 m uzoqlikda 3.24 - yuqori tezlikni cheklash tezlik (30) yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Ko‘prikning chap qismida ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yilib, 1.23 - ko‘prikda ta’mirlash ishlari, 1.18.1 - yo‘lni torayishi hamda 4.2.2 - to‘siqni chapdan chetlab o‘tish yo‘l belgilarini ham o‘rnatilganini ma’lum qilamiz.

Haydovchilarimiz yo‘llarda harakat chog‘ida, tezlikni meyyoridan oshirmasdan, yo‘l qoidalari va yo‘l belgilariga rioya qilgan holda avotransport vositalarini boshqarsa, baxtsiz hodisalarni oldi olingan bo‘lar edi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK