Yangiliklar
Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot tumani hokimligi tomonidan tumanning Madaniyat mahallasi nomi ushbu mahallaning sobiq raisi Qo‘chqor ota Quronboyev nomiga o‘zgartirish taklifini jamoatchilik muhokamasiga havola qilgani tanqid qilingan” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Birinchidan, mazkur masala yuzasidan 2023-yilning 29-mayida Xorazm viloyati hokimi nomiga Madaniyat mahallasining nomini Qo‘chqor ota Quronboyev nomiga o‘zgartirish yuzasidan bir guruh mahalla fuqarolaridan Jam-109-sonli murojaat kelib tushdi. Shunga asosan murojaat mahalla fuqarolari bilan birgalikda muhokama qilinishi lozimligini  bildirib, ikki kun oldin mazkur mahalla fuqarolar yigʻinining amaldagi raisi ogohlantirildi. 2023-yilning 31-may kuni soat 11:00 da viloyat hokimi maslahatchisi R.Xudoyberganov va tuman hokimi maslahatchisi D.Abdirimovalar ushbu mahallaga tashrif buyurib, mazkur masala yuzasidan gaplashib, mahalla fuqarolar yig‘ini nomidan bayonnoma tayyorlab, Shovot tumani hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarning nomlash va qayta nomlash” boʻyicha tuman komissiyasiga joʻnatish ta’kidlab oʻtildi.

Ikkinchidan, 2022-yil 9-avgustda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi  qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-799-sonli qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib va Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda ma’qullanib, 2022-yilning
2-noyabridan rasman kuchga kirdi. Mazkur qonunning 4-1-moddasiga binoan Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri inobatga olinishi belgilab qoʻyildi.

Uchinchidan, mazkur bayonnoma tuman hokimligi huzuridagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishidan oldin, 2022-yil 9-avgustda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-799-sonli qonuniga asosan yuqoridagi xat asosida berilgan takliflar jamoatchilik muhokamasiga havola qilish uchun besh ish kunidan kechiktirmay o‘z rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, aniqrogʻi, Shovot tumani hokimligi veb-saytida jamoatchilik muhokamasiga havola qilindi.

Toʻrtinchidan, jamoatchilik muhokamasidan hech qanday e’tirozlarsiz, ijobiy fikrlar bilan muvaffaqiyatli o‘tsa, Shovot tumani hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarning nomlash va qayta nomlash” boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va komissiya raisining kuzatuv xati hamda bayonnomasi asosida Respublika ekspert komissiyasidan ekspert xulosasi olish uchun viloyat hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarning nomlash va qayta nomlash” boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim qilinishi lozim edi. 

Beshinchidan, mazkur mahallaning nomini o‘zgartirish bo‘yicha jamoatchilik tomonidan e‘tirozlar bildirilganligi uchun Shovot tumani hokimligi rasmiy veb-saytidan olib tashlandi, mahallaning amaldagi nomini o‘zgartirmaslik bo‘yicha fikrlar ma’qullandi.

 Oltinchidan, bitta geografik obyektning nomini oʻzgartirish yettita bosqichda amalga oshirilishi va bu uchun kamida olti oy vaqt ketishi kerakligini inobatga olish lozim. Biz tomonimizdan boshlangan ish – bu birinchi bosqich boʻlib, u ham boʻlsa, yuqoridagi xat asosida mahalliy aholining murojaatlarini inobatga olish maqsadidagi ish edi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK