Yangiliklar
Oktyabr 18, 2025 Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim aks holda ushbu to‘lovlar sud tartibida undiriladi. Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar.

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Joriy yilning 30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Shovot 23-sonli maktabning sport zali qulaydi” sarlavha ostida videolavha tarqatildi. Videolavhada Shovot tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali foydalanishga yaroqsiz ahvolda ekanligi keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Shovot tumani, Xitoy mahallasida joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1974-yilda 536 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, bugungi kunda 841 nafar o‘quvchiga 73 nafar pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab 2007-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Maktabning sport zali 2015-yilda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan. Sport zalni qayta rekonstruksiya qilish maqsadida 2022-yil Investitsiya dasturiga kiritilishida amaliy yordam so‘rab yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilingan.

Xorazm viloyati umumta’lim maktablarini 2022-2026-yillarda qurish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur shakllantirilmoqda. Ushbu dastur doirasida Shovot tumani 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalini rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif kiritilishini ma’lum qilamiz.

 

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK