Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

PENSIYAGA OID MA’LUMOTLAR

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

PENSIYAGA OID MA’LUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktabrdagi 592-son qaroriga asosan davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, uning 15-bandiga asosan:

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam ko‘rsatadi.

Bunda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq shaxsga pensiya tayinlash (hisoblash) uchun quyidagi:

  1. a) pensiya tayinlanayotgan shaxsning (qonuniy vakil) fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) to‘g‘risidagi;

O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — TIEK) tomonidan beriladigan:

shaxsning farzandi 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaligini tasdiqlaydigan yoki parvarish ostidagi I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganligi to‘g‘risidagi;

shaxsning farzandi 8 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola deb topilganligi to‘g‘risidagi;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqini beradigan oilaning katta yoshdagi a’zosi nogironligi bo‘lgan shaxsligi to‘g‘risidagi;

ariza beruvchi I yoki II guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligi to‘g‘risidagi;

I, II yoki III guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni;

  1. b) band shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan:

2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;

2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda Davlat soliq qo‘mitasining markazlashtirilgan elektron reestri bazasidan elektron so‘rov yuborish orqali oladi.

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK