Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–869, 27.09.2023 y.) bilan Jinoyat-protsessual Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi,

Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari ;

Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish

Sud hukmlari, ajrimlari, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda prokuror ishtirok etadi.

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshiradi.

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Agar shikoyatda yoki protestda og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa o‘zgarishlar haqidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil ichida yo‘l qo‘yiladi. Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli shaxslarni 3 sutka ichida xabardor qiladi. Qonun bilan shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartirildi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etish chog‘ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibi belgilandi. Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Shovot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Azamatova

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK