Yangiliklar
Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish

E'LON!

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

E’LON!  

Tumandagi paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi raxbarlari diqqatiga!                                    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106 sonli qarorining 7-bandida ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 641-sonli qaror bilan ro‘yxatdan o‘tgan tegishli Nizom talablariga muvofiq, tumanda urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun ixtisoslashtirilgan hududlardagi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi fermer xo‘jaligi rahbarlari joriy yilning 15-iyuldan, 15-avgustgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini bildiramiz.

Tanlov komissiyasiga

ariza bilan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1.

F/x nomidan tilxat

__ varaqda

2.

Tuproq unumdorligi (bonitet ball) to‘g‘risida tuman qishloq  xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi

 

__ varaqda

3.

Suv ta’minoti to‘g‘risida tuman Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi

__ varaqda

4.

So‘ngi uch yil ichida ekin maydoni kasalliklarga chalinganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o‘tlar tarqalganligi to‘g‘risida, O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi ma’lumotnomasi

__ varaqda

5.

Talabgorning ma’lumoti va mutaxassisiligi to‘g‘risida tuman axoli bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumoti (diplom nusxasi)

 

__ varaqda

6.

Talabgorning qishloq xo‘jaligi sohasida ish staji to‘g‘risida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumoti

__ varaqda

7.

Talabgorning mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda texpasport nusxalari

   __ varaqda

8.

So‘ngi uch yilda yetishtirilgan g‘alla  hosildorligi  o‘rtacha ko‘rsatkichi to‘g‘risida tuman statistika bo‘limi ma’lumotnomasi

   __ varaqda

         Ariza va hujjatlarni qabul qilish  joriy yilning 15-avgust sanasidan to‘xtatiladi va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov, joriy yilning 18-avgust kuni Shovot tumani qishloq xo‘jaligi binosida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK