Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

#Press-tur

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Xorazm shisha idishlari korxonasida press-tur o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Shovot tumani hokimligi bilan hamkorlikda, tumandagi “Ijtimoyat” mahallasida joylashgan “Xorazm shisha idishlari” MCHJda 15-noyabr ikkilamchi qayta ishlash kuni (Global Recycling Day) munosabati bilan OАV xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Press-turda jurnalist va blogerlar OAV vakillari ishtirok etdi. Korxonaning tajribali mutaxassislari tomonidan press-tur ishtirokchilariga karxona faoliyati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xodimlarga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun; korxonada kuniga 45 tonnadan 55 tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulotlarning 40, 50% ni ikkilamchi ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil etadi. Tayyor mahsulotlar Polsha, Finlandiya, Latviya, Italiya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Shuningdek, korxona Germaniya hamda Italiyadan keltirilgan texnalogiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, hozirda 170 dan ortiq xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK