Yangiliklar
Avgust 26, 2024 G‘ALLA URUG‘INI TEZROQ YERGA QADAB, 2025-YILDA G‘ALLADAN YANADA MO‘L HOSIL OLAYLIK! Avgust 22, 2024 Ochiq muloqot Avgust 16, 2024 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, YIG‘IM - TERIM MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK. Avgust 09, 2024 Media-tur Avgust 07, 2024 Rasmiy munosabat  Iyul 18, 2024 EʼLON! Iyul 16, 2024  Rasmiy munosabat Iyul 08, 2024 Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarini yigʻish. Iyul 06, 2024  Rasmiy munosabat Iyul 04, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 2-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga qanday qo‘shimcha to‘lov mavjud?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga qanday qo‘shimcha to‘lov mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-apreldan boshlab, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-martdagi PF-45-sonli farmoniga asosan 2023-yil 1-apreldan 535000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi.

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobida turuvchi 34 hil kasalliklar ro‘yxatiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalargagina qarovchi qonuniy vakiliga to‘lanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati

  1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘uruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalyatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar.
  2. Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a'zolar, suyak-mushak tizimi, miya qutisi, quloq-tomoq-burun a'zolari va suyak-mushak tizimining tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarning og‘ir shakllari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar.
  3. Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli shikastlanishi: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari.
  4. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (istisno: G81.0-G81.9-gemiplegiya, G83.1-oyoqlar monoplegiyasi va G83.2-qo‘l monoplegiyasi).
  5. Bolalar serebral falaji, periventrikulyar leykomalyatsiya. (Istisno: G80.2-bolalar gemiplegiyasi).
  6. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs o‘zgarishi va aql pastligi bilan kechishi.
  7. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi. Autizm.
  8. Surunkali og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari.
  9. Poliomiyelit kasalligining og‘ir asoratlari.
  10. O‘tkir bo‘shashgan shol.
  11. Tug‘ma gidrotsefaliya (kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar).
  12. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0 - 0,03 ga (korreksiya bilan) pasayishi.
  13. Tug‘ma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning gormonga bog‘liq asoratli turi.
  14. Tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi sili, silga qarshi dori vositalariga turg‘unligi bo‘lgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj bo‘lgan sil kasalliklari; bosh miya faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yo‘li bilan davolanishga hayotiy qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan, keskin funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya tuberkulemalari.
  15. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar.
  16. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.
  17. Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli.
  18. Bir necha bor jarrohlik amaliyotidan keyin tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.
  19. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar:

bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi skelet deformatsiyalari va amputatsion cho‘ltoqlar;

tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.

  1. Qon aylanish tizimi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma'lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar) ifodalangan darajadagi funksiya buzilishlari bilan.
  2. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:

qandli diabetning 1 turi (insulinga bog‘liq qandli diabet);

qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, somatotrop yetishmovchilik (gipofizar nanizm), tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.

  1. Miopatiyalar, orqa mushak atrofiyasi, tugallanmagan osteogenez, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar - leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya. Ichki a'zolar va tizimlarning og‘ir buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan kechuvchi irsiy raxitsimon kasalliklar, Marfan sindromi va Elers-Danlo sindromi.
  2. Ko‘plab tug‘ma nuqsonlar, ichki a'zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi xromosom buzilishlar: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.
  3. O‘tkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar.
  4. Qon ishlab chiqarish tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalari.
  5. Og‘ir gemorragik sindrom bilan kechuvchi, doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yiliga 3 marotabadan ortiq xuruj qiladigan gemorragik sindromlar.
  6. Gemofiliya.
  7. Talassemiya.
  8. Tug‘ma immunitet tanqisligi holatlari: og‘ir mujassamlashtirilgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunitet tanqisligi holatlari, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz - jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a'zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi.
  9. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi.
  10. Bullyoz epirdemioliz.
  11. Kistozli fibroz (mukovissidoz): 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar doimiy yordamga muhtoj; 7 yoshdan katta bolalarda - og‘ir asoratli holatlarda.
  12. Ichki a'zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen to‘planishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari:

Pompe kasalligi;

Goshe kasalligi;

Fabri kasalligi;

Krabbe kasalligi;

Niman-Pik (A va V turi) kasalligi;

Mukopolisaxaridozlar.

  1. Ichki a'zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi Daun kasalligi.

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK