SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
Aziz yurtdoshlar!
Jonajon yurtimizga go‘zallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr-oqibat bayrami — Navro‘zi olam kirib keldi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rki va ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, hosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch bag‘ishlamoqda.
Tumanimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar hamda mehribon xalqini sharq milliy bayrami Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda tumanimizdagi barcha eldoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!
Muhtaram eldoshlar!
Yurtimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan ezgu tilaklar yangramoqda. Haqiqatan ham, Navro‘z o‘zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg‘otmoqda. Islohotlar esa jamiyatni, oliyjanob xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini namoyon etmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar ayni shu ulug‘ maqsadga — el-yurtimizning obod va farovon bo‘lishiga qaratilgan.
Qadimiy va navqiron Navro‘z bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman!
Ezgulik va mehr-saxovat bayrami har bir xonadonga, butun tumanimiz ahliga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Mehribon xalqimiz doim sog‘-omon, Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shovot tumani hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich