Yangiliklar
Aprel 30, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING SAKSON YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI. Aprel 25, 2024 Rasmiy munosabat Aprel 23, 2024 RASMIY MUNOSABAT Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat

Sudya va yoshlar uchrashuvi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Sudya va yoshlar uchrashuvi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudyasi M.Xolliyev ishtirokida tumandagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning sud tizimiga doir bilimlarini oshirish maqsadida sohaga doir qonun va qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda sudyalik kasbining mashaqqati, Davlat nomidan qaror qabul qilishning mas’uliyati ishtirokchilarga aniq misollar bilan tushuntirildi. Sud xodimi yoki sudya bo‘lish uchun maktab davridan maqsadni to‘g‘ri qo‘yib, asosiy e’tiborni bilim olishga qaratish lozimligi ta’kidlandi.

O‘quvchilar jamiyatda faol bo‘lishga, o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishga chaqirildi. Tadbir yakunida yoshlarning sohaga doir savollariga javoblar berildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK