Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

Demak, xalqimizning ibratli o‘tishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini taʼminlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tug‘ilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. O‘sha daraxt bilan birga farzand ham ulg‘aygan.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan ko‘rsatmalari ana shunday ezgulik yo‘lidagi juda ham muhim tashabbusdir.

Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2024 yil bahor mavsumidagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu boradagi ishlarni kengaytirib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida 9,2 million dona daraxt ekish vazifasi belgilab berildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish zarurligini, joylarda 33 ta yashil bog‘ va 25 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Ijtimoiy obyektlarga ko‘chatlarni bepul yetkazib berish bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 200 mingdan ziyod ko‘chat bepul tarqatilishi belgilandi.

Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek “Yashil makon” vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi maʼsuliyatimizdir.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi tomorqalarida 13,7 milliondan ziyod ko‘chat ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib ulushi bor.

Hurmatli fermerlar!

Joriy yil bahor mavsumida Siz ham dalangiz chetidagi bo‘sh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Buning uchun viloyatda ko‘chat yetishtiruvchi 25 dan ziyod fermer, dehqon xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida

9,3 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq va boshqa daraxt nihollari mavjud.

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Mehnatkash dehqonlar!

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-g‘alladan bo‘shagan maydonlardan dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratilib, Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.

Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va ko‘cha boshiga tut, tok va boshqa ko‘chatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

Muhtaram tomorqachilar!

Viloyatda 531 ta mahalla fuqaro yig‘inlarida

254 mingdan ziyod tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi.

Natijalar hisob-kitoblarda aniq ko‘rinadi. Agar har bir tomorqachi o‘z tomorqasiga, mahalla guzariga va ko‘cha boshiga 10 tupdan ko‘chat eksa, viloyat bo‘yicha 2,5 million tup ko‘chat ekiladi. Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz tahsinga sazovor bo‘ladi!

Sizlarga tut, tok va boshqa ko‘chatlar kerak bo‘lsa joylardagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga murojaat etishingiz mumkin.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK