Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning MUROJAATI

Hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 29 fevral- 1 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida barilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida Shovot tumanida qolaversa, 2-sektor hududida amala oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Xorazm viloyatiga 11,5 trillion so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Jumladan:

Kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln so‘mgacha, kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddata, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘larni ajratiladi.

Kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizga 156 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 947 ta loyiha amala oshirilishi va 3 ming 179 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilandi. Bu loyihalar biznesni rivojlantirish banki hisobidan moliyalashtiriladi.

Sektor hududida 12 mahallada 207 ta loyihaga 34 mlrd so‘m ajratib, 1132 ta yangi ish o‘rinlari yaratishni belgilab oldik.

Shuningdek, tumanimiz hududidagi mahallalarda ishsizlikni yo‘qotish, aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 566 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish uchun kichik hajmdagi basseyn tashkil qilishga 11.320 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratib beriladigan bo‘ldi.

Bundan kelib chiqib, sektor hududidagi 124 ta xonadonlarga 2.480 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilandi.

Bundan tashqari, mahallalardagi har bir tadbirkorni ehtiyojiga qarab, yangi kredit berish, oldingi kreditining muddatini uzaytirish hamda mahallada soliq xodimlari tadbirkorlarni sonini legallashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mahalla yettiligiga tushuntirildi.

Tuman hududida tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun 3,107 mln so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 1049 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l-xarita” ishlab chiqdik.

Har bir aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash hamda mahallalarda 2 ta kambag‘al oilalarni tomorqasini namunali tashkil qilish, 2-sektor hududidagi xonadonlarga salohiyatli tadbirkorlarni biriktirib, tomorqada yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport va ichki bozorga chiqarishga yordam berish bo‘yicha “Yo‘l-xarita” ishlab chiqildi hamda bajarilishini nazorat qilish tegishli rahbarlarga topshirildi.

Tuman hududida bo‘sh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchilari, kadastr bo‘limi, qurilish bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Belgilangan grafikga muvofiq 12 ta mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, bo‘sh turgan bino va yer maydonlar tadbirkorlik qilish uchun auksion savdolariga chiqarilishini o‘z nazoratimga oldim.

Hurmatli Prezidentimiz tashrifi davomida viloyatdagi 12 ta paxta-to‘qimachilik klasterlarida 89 mingta aholini doimiy band qilishni ta’minlash yuzasidan topshiriq berdilar. Tumandagi 2 ta paxta-to‘qimachilik klasterlarida 200 ta aholini doimiy band qilish shundan “UZ TEX QK” MChJ “KATQAL’ATEX QK” MChJ tomonidan 180 ta  aholini doimiy band qilish bo‘yicha alohida “Yo‘l-xarita” ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.

Viloyatda 10 ming nafar ishsizlarni kasbga o‘qitish uchun Bandlik jamg‘armasidan 20 mlrd so‘m mablag‘lar berilishi, bundan tumanga jami 2,3 mlrd so‘m berilishi hisobiga jami 1 ming 619 nafar ishsizlarni o‘zi tanlagan kasbi bo‘yicha o‘qitib, tadbirkorligini boshlash imkoniyati yaratiladi.

Hurmatli Prezidentimiz har safar takidlaydi Inson salomatligi hamisha birinchi navbatda deb, shuning uchun viloyatimizga Rossiya, Belarusiya va Turkiya davlatlaridan mutaxassis olib kelib 17 nafar akusher-ginekolog, 16 nafar neonatolog, 7 nafar anesteziolog-reanimatologlarni malaka oshirishni ta’minlash hamda 460 nafar doyani o‘qitish choralarini ko‘rish bo‘yicha ham aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Hozirda bu bo‘yicha tumanda tibbiyot xodimlarini manzilli ro‘yxatini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Har bir kunimiz, faoliyatimizning negizidan bitta maqsad mujassamdir, u ham bo‘lsa xalqimizni bizdan rozi bo‘lib yashashiga erishishdir.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK