Shovot tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasida joylashgan Oilaviy shifokorlik punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Shovot tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasida joylashgan Oilaviy shifokorlik punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Prezident administratsiyasi ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayorov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sadiqjon Sadiqov, Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyev, sektor rahbarlari, soha vakillari, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildi.
Ushbu shifokorlik punkti kundalik 100 ta qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, jami 8700 nafar aholini o‘z ichiga qamrab olgan “Yangi O‘zbekiston, Qiyot, Qunduz, Usta Hunarmand” mahallalari fuqarolari uchun birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shifokorlik punktida EKG, zamonaviy laboratoriya, emlash, kunduzgi statsionar, muolaja xonalari va barcha zarur tibbiy jihozlar mavjud.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.