Yangiliklar
Aprel 30, 2024 Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i X.Rajabovning tumanda ta’lim sifati hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini oshirish bo‘yicha hisoboti tinglandi. Aprel 25, 2024 Rasmiy munosabat Aprel 23, 2024 RASMIY MUNOSABAT Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Ochiq_muloqot Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Shovot tumanida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbiriga tumanda mehnat qilib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar, soha vakillari hamda faxriylari taklif qilindi. 

Bayram tadbirida Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqov ishtirok qilib mamlakatimiz Prezidentining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va soha vakillarini samimiy qutladi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda munosib yutuqlarga erishgan bir guruh ustoz va murabbiylarga davlat mukofotlari, tuman hokimining faxriy yorlig‘i hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK