Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

SHOVOT TUMАNI DАVLАT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIQINING 2022 YIL АPREL OYI YAKUNI BO‘YICHА HISOBOTI VА TАDBIRKORLАRGА MUROJААTI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SHOVOT TUMАNI DАVLАT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIQINING 2022 YIL АPREL OYI YAKUNI BO‘YICHА HISOBOTI VА TАDBIRKORLАRGА MUROJААTI

Darhaqiqat, bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Masalan, birgina aprel oyi davomida tumanda 204 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 198 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qatʼiy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, aprel oyida olib borilgan o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 7 ta subektning 168,6 mln. so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Taʼkidlash o‘rinliki, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida aprel oyining o‘zida 149 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Eng muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Аyniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning aprel oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 38 ta tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati tiklandi. Natijada, 43 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan tumanda 518 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organi xodimlari Sizlarning muammolaringizni qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK