Yangiliklar
Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning MUROJAATI Mart 12, 2024 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.H.Sobirovning 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning MUROJAATI Fevral 29, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Fevral 15, 2024 RASMIY MUNOSABAT

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi. 

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tumanimizni jami 848 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning xududlarida jami 54 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 767 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlarni 164 ta murojaatlari ko‘rib chiqilib shundan 106 tasi qanoatlantirildi, 58 tasiga tushuntirishlar berildi.   

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Shovot tumanida 2 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 721 ta korxonaning 893 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 811 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 421 ta korxonadagi 1338 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.

 Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 263 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 275 nafar, qurilish korxonalarida 165 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 635 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 69,8 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Joriy yilning 11 oyi davomida 4171 ta xolatda sub’ektlarning 619.1 mln.so‘m mavjud ortiqcha to‘lovlari xisobidan budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan soliq qarzlari hisobiga qoplanib, 253 ta holatda sub’ektlarning 1 391.4 mln.so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summalari korxona tashkilotlarning bank hisob raqamlariga qaytarib berildi.

Tuman bo‘yicha 2022 yil uchun budjet daromadlariga 77 887.0 mln so‘mga prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, yanvar-noyabr oylarida 72 909.2 mln. so‘mga yoki 93.6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

joriy yilning 4- choragi uchun budjet daromadlariga 16 239.1 mln. so‘m prognoz ko‘rsatkichlari belgilanib, ushbu reja ko‘rsatkich 14 261.3 mln so‘mga yoki 74.3 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan, noyabr oyi uchun 6 321.0 mln. so‘mlik reja, haqiqatda 6 684.1 mln. so‘mga yoki 107.3 foizga bajarilib rejaga nisbatan 349.9 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirilishi ta’minladi.

Mahalliy budjet daromadlari uchun 2022 yil noyabr oyi uchun belgilangan 5 318.5 mln.so‘mlik reja-ko‘rsatkich, haqiqatda 5 444.6 mln.so‘m undirilib reja 102.0 foizga bajarilib, rejaga nisbatan 126.1 mln.so‘m ortiqcha mablag‘ undirildi.

2022 yil uchun byudjetga belgilangan reja grafik hamda qo‘shimcha daromadlarni aniqlash borasida asosan quyidagi 7 ta yo‘nalishda

1) Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer va mol-mulk obyektlarini o‘rganish;

2) Tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolarning soliq majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;

3) Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tahlil qilish;

4) Soliq qarzdorligini undirish ishlarini tashkil etish;

5) Kameral nazorat tadbirlarini tashkil etishini o‘rganish;

6) Boj, yig‘im va jarimalar va byudjetga tushumlarning to‘liqligini o‘rganish;

7) Tadbirkorlik subyektlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganligini o‘rganish

Joriy yilning 4-choragida tuman DSIda ushbu yo‘nalishlarga e’tiborni kuchaytirgan holda ishlarni tashkil qilish va byudjetga belgilangan reja-grafiklarni ortig‘i bilan bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarni ko‘rishni o‘zimizga belgilab oldik.

Shovot tumani 4-sektor hududida jami 15 ta MFY, 44905 ta aholi, 8283 ta xonadon,12903 ta oila istikomat qiladi. Shundan, 9.502 nafari yoshlar, 23 575 nafari ayollar, 15.274 nafari voyaga yetmaganlar, 3.896 nafari yoshga doir nafaqa oluvchilarni tashkil etadi.

Hududda 14 ta maktab, 43 ta maktabgacha ta’lim muassasalari (shundan, 8 tasi DMTT, 2 tasi DXSh, 33 tasi ONMTM ), 6 ta sog‘liqni saqlash muassasalari mavjud.

Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, soliq tizimida samarali qo‘llanib kelinyapti.

To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan. Prezidentimizning 2021-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi. 

Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Bugungi kunda tumanimizda 917 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 895 ta onlayn-NKM va virtual kassa davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqiladi agarda rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  Hurmatli tadbirkorlar!

 Shovot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK