Yangiliklar
Dekabr 06, 2023 Shovot tumanidagi markaziy dehqon bozori hududini ta’mirlash ishlari davom etmoqda.  Dekabr 06, 2023 Tuman hududidagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda. Dekabr 05, 2023 Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi binolarni ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Dekabr 03, 2023 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Dekabr 01, 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga asosan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Noyabr 28, 2023 Diqqat e’lon! Noyabr 28, 2023 Shovot tumanida "Tashabbusli budjet" jarayonida  mablag‘larning yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisoboti Noyabr 28, 2023 SUDGA MUROJAAT QILISHNING PROTSESSUAL TALABLARI Noyabr 28, 2023 Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish Noyabr 28, 2023 Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

Qurbon hayit bayrami munosabati bilan Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek Sadullayevichning yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Qurbon hayit bayrami munosabati bilan Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek Sadullayevichning yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Assalomu aleykum aziz va muhtaram vatandoshlar!

Tumanimiz ahlini va barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida tumanimiz ahlini, barcha yurtdoshlarimizni samimiy  muborakbod etaman.

Xonadonlarimizdan fayzu baraka va osoyishtalik arimasin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Hurmat bilan, Shovot tumani hokimi     
Artiqov Odilbek Sadullayevich

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK