E’LON

E’LON
E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.N.Aripovning 2022-yil 26-dekabrdagi 30/09-15-02-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Shovot tumani komissiyasiga tumandagi ayrim geografik obyektlarni nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kelib tushgan. Nomi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan mahalla Yangiburloq hamda Komiljon Otaniyozov mahallasidagi Temiryo‘lobod ko‘chasini Shovot elidan chiqqan qahramon ll-Jahon urushi qatnashchisi, l-ll-lll-darajali "Shuhrat" ordeni kavaleri Rahim Avezmuradov nomiga o‘zgartirish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻnlaridan takliflar olindi. Ushbu takliflar asosida Yangiburloq mahallasining nomini Nurafshon nomiga, Komiljon Otaniyozov mahallasidagi Temiryo‘lobod ko‘chasining nomini Rahim Avezmurodov nomiga oʻzgartirish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining xulosalariga ko‘ra yuqorida keltirilgan yangi nomlar jamoatchilik muhokamasiga havola qilindi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Yuqorida keltirilgan yangi nomlar 15 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Shu munosabati bilan sizlardan taklif qilingan nomlarga oʻz munosabat va takliflaringizni bildirishingizni soʻrab qolamiz.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.