Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kimlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kimlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kimlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida qabul qilingan 2022 yil 25 maydagi PQ-258-sonli qaroriga asosan Аholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan kam taʼminlangan bolali oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida 400 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga 200 ming so‘mdan to‘lab berildi.

Аgarda, uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar to‘lanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrga qadar olish huquqiga ega.

Ushbu qarorga asosan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Shovot tumani bo‘limida hisobda turuvchi 21545 nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga 6578700000 (olti milyart beshyuz yetmish sakkizming yettiyuz ) so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi mudiri        Javlon Karimov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK