RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot tumani hokim yordamchilarining dodi” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Yuqoridagi holat yuzasidan tuman hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida ushbu holat o‘z tasdiqini topmadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday yolg‘on va feyk xabarlarga ishonmasligi hamda yolg‘on axborot tarqatmasligini so‘rab qolamiz.