Yangiliklar
Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning MUROJAATI Mart 12, 2024 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.H.Sobirovning 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning MUROJAATI Fevral 29, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Fevral 15, 2024 RASMIY MUNOSABAT

Kadastr sohasiga raqamli texnologiyalar joriy etiladi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yerning hisobini aniq yuritish va samarali foydalanish qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qurilish, geologiya kabi koʻplab sohalar uchun juda muhim. Davlatimiz rahbari hududlarga safarlari chogʻida doim bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, har bir qarich yer xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini taʼkidlaydi.

Afsuski, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar toʻplanib qolgan. Mamlakatimizda yer xatlovi oxirgi marta 40 yil oldin oʻtkazilgan. Masalan, 140 ta tuman maʼmuriy chegaralari hozirgacha aniq emas. Qishloq xoʻjaligi yerlarini ajratish tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri oʻzboshimchalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar boʻlgani buning dalili.

Shu bois tizimni isloh qilish boshlandi. Bugungi yigʻilishda shu boradagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi yerning hisobi va balansini yuritish boʻlishi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi maʼlumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi. Endi yer ajratish toʻgʻrisidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.

Shuningdek, sunʼiy yoʻldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga koʻrsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar boʻyicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, yerlarning meliorativ holatini muntazam oʻrganishda qoʻl keladi.

Qishloq xoʻjaligini boshqarishni raqamlashtirish, kelgusi yildan yer balansi va uning hisobini Milliy geoaxborot tizimida yuritish zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda yer toifalarini optimallashtirish boʻyicha topshiriq berildi.

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tuproq sifatini baholash, yerlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bogʻliq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazish taklifi bildirildi. Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar yer maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

Sohadagi yana bir kamchilik – baʼzi turdagi kadastrlar toʻliq shakllanmagan. Masalan, avtomobil yoʻllari kadastri 23 foiz, madaniy meros obyektlari 32 foiz, quvurlar 32 foiz, shaharsozlik kadastri 63 foiz shakllangan, xolos. Shu bois IT-texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha Bosh vazir maslahatchisiga ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini toʻliq ishlab chiqish topshirildi.

Yigʻilishda shahar va qishloqlarda yerning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sohaning kadrlar salohiyati pastligi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga toʻgʻri kelmasligini qayd etdi. Shu yoʻnalishda xorijiy oliy oʻquv yurti filialini tashkil qilish muhimligi, Italiyaning Piza universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik oʻrnatish kerakligi taʼkidlandi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar batafsil axborot berdi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK