E'LON!
E’LON!
Tumandagi paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi raxbarlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106 sonli qarorining 7-bandida ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 641-sonli qaror bilan ro‘yxatdan o‘tgan tegishli Nizom talablariga muvofiq, tumanda urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun ixtisoslashtirilgan hududlardagi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi fermer xo‘jaligi rahbarlari joriy yilning 15-iyuldan, 15-avgustgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini bildiramiz.
Tanlov komissiyasiga
ariza bilan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. |
F/x nomidan tilxat |
__ varaqda |
2. |
Tuproq unumdorligi (bonitet ball) to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi |
__ varaqda |
3. |
Suv ta’minoti to‘g‘risida tuman Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi |
__ varaqda |
4. |
So‘ngi uch yil ichida ekin maydoni kasalliklarga chalinganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o‘tlar tarqalganligi to‘g‘risida, O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi ma’lumotnomasi |
__ varaqda |
5. |
Talabgorning ma’lumoti va mutaxassisiligi to‘g‘risida tuman axoli bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumoti (diplom nusxasi) |
__ varaqda |
6. |
Talabgorning qishloq xo‘jaligi sohasida ish staji to‘g‘risida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumoti |
__ varaqda |
7. |
Talabgorning mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda texpasport nusxalari |
__ varaqda |
8. |
So‘ngi uch yilda yetishtirilgan g‘alla hosildorligi o‘rtacha ko‘rsatkichi to‘g‘risida tuman statistika bo‘limi ma’lumotnomasi |
__ varaqda |
Ariza va hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 15-avgust sanasidan to‘xtatiladi va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov, joriy yilning 18-avgust kuni Shovot tumani qishloq xo‘jaligi binosida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.