Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

"TURIZM QISHLOGʻI"NI YARATISHNI MAQSAD QILGAN BESHMERGANLIKLAR TAJRIBA ALMASHDI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Kunikecha SHovot tuman hokimligi, viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti Shovot tumani "Beshmergan" qishloq fuqarolari yigʻini bilan hamkorlikda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

Kunikecha SHovot tuman hokimligi, viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti Shovot tumani "Beshmergan" qishloq fuqarolari yigʻini bilan hamkorlikda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
Ushbu sayohatdan maqsad, qishloq aholisining "Turizm qishlog'i" yaratish borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish va tajriba orttirishdan iboratdir.
Bu borada ularga "Ichan Qalʼa" majmuasidagi usta-hunarmandlar va viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari yaqindan yordam berdi.
Ular sayohat davomida ziyorat turizmi, ishlab chiqarish va milliy hunarmandchilik, oilaviy mehmon uyi tashkil etish, ekoturizm va bir qator yoʻnalishlar borasida "Turizm qishlogʻi" uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlarni belgilab olishdi.
-Ushbu sayohatda 70 ga yaqin qishloq fuqarolari ishtirok etganligining oʻzi, ularning turizm sohasiga qanchalik qiziqish bildirayotganligini yaqqol namoyon qilmoqda - deydi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Shahlo Rajabova - Bundan tashqari, bir nechta qishloq fuqarolari oʻz uyida muzey tashkil qilish, mahallada milliy hunarmandchilik ustaxonalarini yaratish xususida ham yangi gʻoyalar va takliflar bildirishmoqda. Ushbu tashkil qilingan sayohat orqali biz koʻzlagan maqsadimizga yetdik desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK