Хуш келибсиз!

Шовот тумани ҳокимлиги


расмий сайтига

*
*
*
*
*
*
*
*
*
Манзил: Шовот тумани Туркистон кўчаси 73 уй, 221000 Тел. : (0362) 34-51-882, (0362) 34-53-687

» » Davlat mukofotlari

Davlat mukofotlari

Бўлим: Davlat ramzlari, 1500

DAVLAT MUKOFOTLARI

O‘ZBEKISTON QAHRAMONI


«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin Yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.

MUSTAQILLIK

«Mustaqillik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.

«Mustaqillik» ordeni bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

AMIR TEMUR

«Amir Temur» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me’morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san’atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. «Amir Temur» ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo‘shganlik uchun ham taqdirlanadilar.

«Amir Temur» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

JALOLIDDIN MANGUBERDI

«Jaloliddin Manguberdi» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

«BUYUK XIZMATLARI UCHUN»

«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.

EL-YURT HURMATI

«El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

«El-yurt hurmati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.

FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoiylik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
 
скачать dle 10.4фильмы бесплатно